DAVLAT XARIDLARIDA MAHALLIY ISHLAB CHIQARUVCHILARNI MOLIYAVIY RAG‘BATLANTIRISHNING AMALDAGI HOLATI VA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Опубликован 13.10.2026
Ключевые слова
- davlat xaridlari, mahalliy ishlab chiqaruvchi, moliyaviy rag‘batlantirish, narx preferensiyasi, mahalliylashtirish, bo‘nak to‘lovi, zakalat, davlat buyurtmasi, barqarorlik reytingi, iqtisodiy samaradorlik.
Как цитировать
Аннотация
Mazkur maqolada davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy rag‘batlantirishning amaldagi holati va uni rivojlantirish istiqbollari tadqiq etilgan. Tadqiqotda O‘zbekistonda 2024–2026-yillarda davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun joriy etilgan narx preferensiyalari, vositachilik yig‘imlariga chegirmalar, zakalat bo‘yicha yengilliklar, mahalliylashtirish darajasiga bog‘liq bo‘nak to‘lovlari hamda ishlab chiqaruvchilarning barqarorlik reytingiga asoslangan rag‘batlantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat xaridlarining iqtisodiy samaradorligini baholashda faqat narx mezonidan foydalanish bilan bir qatorda ko‘p mezonli baholash yondashuvining ahamiyati xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy rag‘batlantirishni xarid qiymati, mahalliylashtirish darajasi, mahalliy qo‘shilgan qiymat, mahsulot sifati va shartnoma majburiyatlarini bajarish ko‘rsatkichlari bilan bog‘lash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Библиографические ссылки
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 865-son qarori. “2025–2027-yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17-son Farmoni. “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori. Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-dekabrdagi PQ-417-son qarori. “Davlat xaridlarida ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”.
- Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi. 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyat yakunlari bo‘yicha ma’lumotlar.
- Gálvez-Rodríguez, M. M., López-Godoy, M., Saraite-Sariene, L., & Caba-Pérez, C. (2024). Worldwide Trends in Public Procurement Efficiency Studies Under the Lens of Award Criteria. SAGE Open, 14. DOI: 10.1177/21582440241297400.